Rossiyada halokatga uchragan samolyot bortida boʻlganlarning barchasi halok boʻldi

16:50 24 Yanvar 2024 Dunyo
439 0

Bugun, taxminan soat 11:00 da Belgorod viloyatida Rossiya Aerokosmik kuchlarining "Il-76" samolyoti halokatga uchradi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bortda almashish uchun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik mahbus, olti nafar ekipaj aʼzosi va uch nafar hamroh boʻlgan. Maxsus komissiya falokat sabablarini oʻrganmoqda.

Belgorod yaqinida halokatga uchragan "Il-76" samolyoti bortida boʻlganlarning barchasi halok boʻldi. Bu haqda Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov maʼlum qildi.

Favqulodda hodisa joyi oʻrab olingan, tezkor xizmatlar ishlamoqda, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samolyot qulagan hudud aholisining maʼlum qilishicha, halokatdan oldin bir daqiqalik interval bilan ikkita portlash ovozi eshitilgan.

Davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi raisi Andrey Kartapolov palata yigʻilishida Kiyev rejimi boʻlajak almashinuv haqida bilishini maʼlum qildi. Ammo shunga qaramay, samolyotga uchta raketa uchirilgan. Ehtimol samolyot AQSHning "Patriot" yoki Germaniyaning "IRIS T" kompleksidan nishonga olingan.

Mahbuslar boʻlgan ikkinchi samolyot halokatga uchragan transport kemasi ortidan ortiga qaytishga muvaffaq boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер