Rossiyada elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi mumkin
Rossiyada sanoat mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha davlat komissiyasi elektron sigaretalar, veyplar va ular uchun suyuqliklar ishlab chiqarish, import qilish hamda muomalasini butunlay taqiqlash tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yigʻilish yakunlariga koʻra tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin.
Nashr suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, davlat komissiyasi tomonidan maʼqullangan tashabbuslar, odatda, keyinchalik qonunchilikda oʻz aksini topadi.
“Vedomosti”ning yozishicha, dastlab yigʻilishda nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari bozori ustidan nazoratni kuchaytirish muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi, biroq ishtirokchilar ushbu mahsulotlarni butunlay taqiqlash zarurligi toʻgʻrisida yagona toʻxtamga kelishgan.
Cheklovlar joriy etiladigan qurilmalar roʻyxati, shuningdek, qonun loyihasi qaysi idora tomonidan ishlab chiqilishi keyinroq aniqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring