Rossiyada dollar keskin koʻtarildi

22:09 06 Mart 2020 Iqtisodiyot
916 0

Dunyo bozorlarida investorlar xatarlardan qochishi fonida rubl dollar va yevroga nisbatan pasayishini kuchaytirmoqda.

Moskva birjasida AQSH valyutasi 57 tanga (kopeyka) koʻtarilib, 68,19 rublni tashkil qildi. Yevro 1,12 rublga koʻtarildi va 77,02 rublni tashkil qildi. Bu 2019-yil yanvar oyidan buyon boʻlgan eng maksimal koʻrsatkich.

Rossiya Markaziy banki dam olish kunlari uchun belgilangan rasmiy kurslariga koʻra, dollar 1,3 rublga koʻtarildi va 67,5 rublni tashkil qildi, yevro esa 2,1 rublga koʻtarilib, 75,84 rublni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер