Rossiya janubida oʻta xavfli oʻrgimchaklar keskin koʻpayib bormoqda

02:10 12 Dekabr 2020 Dunyo
1336 0

Fotо: Getty Images

Rossiyaning Rostov viloyatida ob-havoning isishi tufayli hayvonot dunyosi tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan. Gap shundaki, bu yerda ilonlar hamda zaharli oʻrgimchaklar sonining keskin koʻpaygan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Janubiy ilmiy markazi matbuot xizmatiga asoslanib «Argumentы i faktы Rostov» nashrining maʼlum qilishicha, hududda ilgari faqat Qalmogʻiston bilan chegara hududida va Taganrog koʻrfazining qirgʻogʻida yashaydigan qoraqurt oʻrgimchaklari koʻpaygan.

Taʼkidlanishicha, ular isish tufayli ushbu hududga qoʻnim topa boshlangan. Bundan tashqari, bunday oʻrgimchaklarni yana koʻplab hasharotlarni topish mumkin boʻlgan axlatxonalar va axlat uyumlari oʻziga jalb qiladi.

Qoraqurt tasodifan odamni chaqib olishi mumkin. Zahari bosh miyadagi nafas olish markazini falaj qilgan holda oʻlimga ham olib kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, mintaqada isish tufayli ilonlar ham faollashgan — ular tobora turar-joy binolariga kirib borishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер