Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Arxiv surat
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22−23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.
Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar, jumladan, Rossiya — Oʻzbekiston keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalariga qaratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring