Rossiya rubl va soʻmning toʻgʻridan-toʻgʻri savdosini yoʻlga qoʻyishni taklif qildi

11:16 17 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
1182 0

Rossiya Eksport markazi direktori Veronika Nikishina Oʻzbekiston va Rossiya valyuta birjalarida rubl va soʻmning toʻgʻridan-toʻgʻri savdosi yoʻlga qoʻyishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

— Biz Toshkent valyuta birjasida rubl-soʻmi juftligi savdosini boshlashni taklif qilamiz. Roseksimbank savdo ishtirokchilari uchun hisob-kitob banki sifatida ishtirok etishga tayyor. Keyinroq xuddi shunday savdolar Moskva valyuta birjasida boshlanadi — dedi Nikishina.

Nikishina aytishiga qaraganda valyuta operatsiyalari hamda kredit mablagʻlarining oddiy va hammabopligi kompaniyalarni milliy valyutalarda savdo qilishga stimul yaratadi.

Bugun allaqachon Oʻzbekiston va Rossiya orasida bir necha milliard dollarning loyihalar amalga oshirilmoqda. Rossiya banklaridan Roseksimbank birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston Milliy bankida oʻzbek soʻmida korrespondent hisob raqami ochgan. Ushbu hisob raqamidan allaqachon birinchi bitimlar va rubl-soʻm valyuta konvertatsiyasi amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер