Rossiya 4 yilga Olimpiada va jahon chempionatlaridan chetlatildi
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qoʻmitasi Rossiyani toʻrt yilga yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi xabar berdi.
Manbaga koʻra, Rossiya ishtirok etmaydigan turnirlarga - Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionatlari kiradi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatchilarining xalqaro sport tadbirlariga borishi taqiqlandi.
Bunga RUSADA Moskva antidoping laboratoriyasi maʼlumotlarini soxtalashtirilgani mana shunday keskin jazoga sababchi boʻldi.
Rossiyalik sportchilar Tokiodagi 2020-yilgi Olimpiadada ishtirok etishga qoʻyiladi, biroq 2018-yil Pyongchangda boʻlib oʻtgan qishki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda ishtirok etadilar. Rossiya bayrogʻi taqiq ostida boʻladi, gʻolib boʻlgan sportchilar sharafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring