Ronaldu JCH–2030 musobaqasida ishtirok etishi mumkinligini maʼlum qildi
Saudiyaning “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2030-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Uning soʻzlaridan DAZN iqtibos keltirmoqda.
“Men JCH–2030 turnirida qatnashish imkoniyatidan hali voz kechganim yoʻq. Hozir 41 yoshimda har hafta gol urmoqdaman, ehtimol, yana toʻrt yil oʻynay olarman”, — dedi Ronaldu.
Qayd etish joizki, musobaqa oʻtkaziladigan vaqtda portugaliyalik futbolchi 45 yoshga toʻlgan boʻladi.
JCH–2030 bahslari oltita mamlakat hududida boʻlib oʻtadi. Urugvay, Argentina va Paragvay turnirning bittadan ochilish oʻyiniga mezbonlik qiladi, asosiy qism esa Ispaniya, Portugaliya va Marokashda oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring