Ronaldu klublardagi faoliyati davomida 800-golini urdi

11:23 19 Oktyabr 2025 Sport
500 0

Kecha, 18-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turidan oʻrin olgan oʻyinlar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Al-Nasr” jamoasi oʻz maydonida “Al-Fath” klubini qabul qildi.

Uchrashuvda hisob 13-daqiqada Joau Feliks tomonidan ochildi. Birinchi boʻlimda hisob boshqa oʻzgarmadi.

54-daqiqada Sofiyan Bendebka hisobni tenglashtirdi. 59-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan gol kirita olmadi.

Oradan 1 daqiqa oʻtib, Ronaldu baribir gol kiritdi. Bu Krishtianuning klublardagi faoliyati davomida kiritgan 800-goli boʻldi.

68-daqiqada Joau Feliks oʻyindagi ikkinchi golini kiritdi. 75-daqiqada Kingsli Koman jamoasining toʻrtinchi golini kiritdi. Oradan 4 daqiqa oʻtib, Joau Feliks xet-trikka erishdi. Yakuniy hisob — 5:1.

“Al-Nasr” — “Al-Fateh” 5:1

Gollar: Feliks (13, 68, 79), Ronaldu (60), Koman (75) — Bendebka (53).

Foydalanilmagan penalti: Ronaldu (59).

“Al-Nasr” — Al Aqidi, Gʻannam (Ayman, 79), Simakan, Martines, Bushal, Koman, Brozovich (Al Haybari, 19), Angelo (Al Hasan, 75), Mane, Ronaldu, Feliks.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер