Ronaldu Evropaning eng kuchli dribling ustalari safiga kira olmadi

10:00 02 Mart 2018 Sport
2208 0


Portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning dribling mahorati ustidagi bahslar hamon davom etayapti. Bu boradagi qarama-qarshi fikrlar o’tgan yil sentyabr oyida “FIFA - 2018” kompyuter o’yini yaratuvchilari “Real” klubining ushbu a’zosiga fint qilish bo’yicha juda yuqori ko’rsatkich(100dan 92) berib yuborgandan so’ng yana avjiga chiqdi.
Masalan, kibersport bo’yicha “Cyber.sports.ru” sayti mazkur qarorni bema’ni deb atadi. Ularning aytishicha, Ronalduda raqiblarni to’p bilan aldab o’tish soni Ispaniya premerasining o’tgan yilgi mavsumida 94 ta, Evropa Chempionlar ligasida esa bor-yo’g’i 30 tani takshil etgan.
FIFA huzuridagi Xalqaro sport tadqiqotlari instituti(CIES) tomonidan e’lon qilingan eng kuchli 100 nafar driblingchi charm to’p ustalari orasida ham u yo’q. Mazkur reyting “Opta” kompaniyasining indekslariga asoslanib tuzildi. Unga ko’ra, futbolchining 90 daqiqa davomida uddasidan chiqib amalga oshirgan aldab o’tishlari soni va bu boradagi muvaffaqiyatlari foizi inobatga olindi.
Ro’yxatda birinchi o’rin Eden Azarga nasib etdi. Uning bir o’yin davomidagi omadli driblinglari soni 6,4 ta va samaradorligi 75 foiz ekanligi aniqlangan. Ikkinchi o’rinda Neymar (mos ravishda 7,3 ta, ammo 62 foiz) qayd etilgan bo’lsa, kuchli uchlikni Lionel Messi (5,5 ta, 62 foiz) yakunlab berdi.
Joriy mavsumdagi Evropaning eng kuchli o’nta dribling ustalari reytingi:
1. Eden Azar(“Chelsi”) – 6,4 ta, 75 foiz, indeks – 100.
2. Neymar(“PSJ”) – 7,3 ta, 62 foiz, indeks – 94.
3. Lionel Messi(“Barselona”) – 5,5 ta, 62 foiz, indeks – 70.
4-5. Tangi Ndombele(“Lion”) – 3,7 ta, 74 foiz, indeks – 56.
4-5. Mussa Dembele(“Tottenxem”) – 3,0 ta, 88 foiz, indeks – 56.
6. Alexandro Gomes(“Atalanta”) – 3,7 ta, 71 foiz, indeks – 55.
7. Artyur Masuaku (“Vest Xem”) – 4,3 ta, 59 foiz, indeks – 53.
8. Sofyan Bufal (“Sautgempton”) – 4,6 ta, 53 foiz, indeks – 51.
9-10. Mario Lemina (“Sautgempton”) – 3,0, 79 foiz, indeks – 49.
9-10. Nabil Fekir (“Lion”) – 3,4 ta, 70 foiz, indeks – 49.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер