Ronaldu dunyodagi ilk milliarder futbolchiga aylandi
Foto: news.sportbox.ru
Turinning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning daromadi 1 mlrd dollardan oshdi va u dunyodagi ilk milliarder futbolchiga aylandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Shuningdek, u 1 mlrd dollardan ortiq pul topgan tarixdagi uchinchi sportchi boʻldi. Bungacha golfchi Tayger Vuds va bokschi Floyd Meyvezer ana shunday koʻrsatkichni qayd etgan.
Eslatib oʻtamiz, Forbes bu toʻxtamga kelishdan oldin futbolchining barcha ishlab topgan pullari, homiylik va boshqa investitsiyalarini hisobga olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring