Rishtonda elektroskuter va yuk motorollyorlari ishlab chiqarilmoqda
Foto: “Xalq so‘zi”
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida ishlab chiqarilayotgan elektroskuter va yuk motorollyorlari tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda.
Rishtonlik yosh tadbirkor Saidahmad Akbarov tashabbusi bilan energiya tejamkor, xavfsiz va ekologik jihatdan toza ushbu transport vositalarining tarkibiy qismlari Xitoydan keltiriladi hamda “Start-Max” MCHJda foydalanishga tayyor holda sotuvga chiqariladi. Ayni paytda korxonada yuzdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan.
Hozirgacha 9 turdagi transport vositalaridan mingdan ziyodi yig‘ilib, xaridorlarga yetkazib berildi. Narxi hamyonbop mahsulotlar motor quvvatiga qarab 12-20 million so‘mgacha sotilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring