Rishton tumanida Eron xandon pista koʻchatidan bogʻ yaratilmoqda

01:33 18 Avgust 2023 Jamiyat
840 0

Foto: Xalq soʻzi

Rishton tumanida tadbirkor Qodirjon Qosimov tomonidan eksportbop Eron xandon pistasi plantatsiyasi tashkil etilmoqda.

— Pistachilik plantatsiyasi “Navbahor” MFY hududidagi suvsiz, qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan toshloq yerda barpo etilyapti, — deydi tadbirkor Q. Qosimov. — Hozirgacha 150 gektar maydonda pista koʻchatlari oʻtqazish ishlari yakuniga yetkazildi. Rejaga koʻra keyingi yili bu boradagi saʼy-harakatlar davom ettiriladi va pistazor hududi 200 gektardan oshadi.

Aytish joiz, tadbirkor ushbu jarayonda xandon pistani zamonaviy yetishtirish texnologiyalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Oʻz navbatida yer va iqlim sharoiti, koʻchat yetishtirishning yangi usullarini amaliyotga keng joriy etishda ilmiy tajribalardan unumli foydalanilyapti.

Eʼtiborlisi, tadbirkor tumanning “Pandigon” MFY hududida pista koʻchati yetishtirish faoliyatini ham yoʻlga qoʻygan. Ayni paytda u pistachilik ilmiy markazi, laboratoriya, issiqxona, koʻchat yetishtirishni oʻzida jamlagan “Agromaktab” tashkil etishga kirishgan.

Shu tariqa yaqin istiqbolda tumanning kamhosil, unumsiz yerlarida pistazorlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер