Rim Papasining koronavirusga chalingani rad etildi
Foto: www.google.com
Vatikan matbuot xizmati Rim papasi Fransisk betobligi sabab, 1-mart kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarni bekor qilgani haqida xabar berdi. Ushbu maʼlumotdan soʻng qator OAVlar Rim papasi Fransisk va uning ikki yordamchisi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqidagi xabarlarni tarqatdi.
“Ehtimol Papa Fransisk koronavirus yuqtirib olgan. U bir necha kun oldin omma bilan qoʻl berib koʻrishib chiqqan edi. U kasalligi tufayli rejalashtirilgan bir qancha uchrashuvlarni oʻtkazib yubordi”, — dedi Vatikan vakili Matteo Bruni.
Biroq Vatikan matbuot xizmati ushbu maʼlumotni rad etdi. “Bu katta feyk”, — deyiladi axborotda.
Shu hafta boshida xizmat vaqtida papada shamollash alomatlari sezilgandi. 83 yoshli pontifik xizmat vaqtida yoʻtalgan. Xizmatdan oldin Fransisk dindorlar bilan gaplashib, ularning qoʻlini siqqandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring