Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi Emine Erdog‘an hamrohligida Toshkentga tashrif buyurdi
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi Emine Erdog‘an hamrohligida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida ularni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring