Respublikamizda qancha pilla yetishtirilgan?
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha jami 25,9 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 %ga oshgan.
Pilla yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shuningdek, Andijon (12,9 %), Buxoro (10,5 %) va Qashqadaryo (9,5 %) viloyatlarida ham pilla yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring