Respublikamizda 9 oyda 33 712,2 mlrd. soʻmlik moliyaviy xizmatlar koʻrsatilgan

11:46 15 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
671 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida respublikada 157 085,3 mlrd. soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 16 126,8 mlrd. soʻmga oshgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,8 foizni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:

▪️aloqa va axborotlashtirish – 9 390,0 mlrd;

▪️moliyaviy – 33 712,2 mlrd;

▪️transport – 38 437,3 mlrd;

▪️shu jumladan: avtotransport – 20 975,1 mlrd;

▪️yashash va ovqatlanish – 4 242,6 mlrd;

▪️savdo – 41 268,2 mlrd;

▪️koʻchmas mulk bilan bogʻliq – 4 362,8 mlrd;

▪️taʼlim sohasi – 5 519,0 mlrd;

▪️sogʻliqni saqlash sohasi – 2 259,5 mlrd;

▪️ijara – 2 941,1 mlrd;

▪️kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash – 2 390,6 mlrd;

▪️shaxsiy – 3 570,7 mlrd;

▪️meʼmorchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 3 390,1 mlrd;

▪️boshqalar – 5 601,2 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер