Respublikamiz boʻylab bahorning ikkinchi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

13:54 01 Mart 2025 Jamiyat
333 0

Oʻzgidromet Oʻzbekiston hududlarida 2-mart, yakshanba kuni ob-havo qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechqurun yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻlib, baʼzi hududlarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Shamol gʻarbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.

Havo harorati kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 8-11 daraja sovuq, kunduzi 5-8 daraja sovuq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, baʼzi joylarda 8-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Shuningdek, respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер