Respublikada 30 792 ta : 6 734 tasi davlat va 24 058 tasi nodavlat MTT faoliyat koʻrsatadi

15:47 07 Avgust 2023 Jamiyat
689 0

AOKAda Maktabgacha taʼlim agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida joriy yil oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar, oldinda turgan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.

24 058 ta nodavlat MTTning 789 tasi xususiy, 21 941 ta oilaviy va 1 328 tasi DXSH asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

1-iyul holatiga koʻra, respublikada jami umumiy quvvati 650 guruhga moʻljallangan 74 ta koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud.

Ularda 576 guruh (88,6%) faoliyat koʻrsatmoqda va 6 077 nafar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda.

2022/2023 oʻquv yili davrida Maktabgacha taʼlim agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan 8 976 nafar bola koʻrikdan oʻtkazildi va 7 804 nafar bolaga davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga xulosa-yoʻllanma berildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2023-yilda 152 897 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda (bu koʻrsatkich 2022-yil yakunida
151 746 nafarni tashkil etgan).

Jami pedagoglarning 115 130 nafari (75,3%) davlat va 37 767 nafari (24,7%) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер