Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
Joriy yilning 28-avgust kuni Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoringda filialda narkologik xizmat koʻrsatish sifati, bemorlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishildi.
Filial majburiy boʻlimiga 92 oʻrin ajratilgan boʻlib, monitoring kunida 124 nafar bemor davolanayotganligi aniqlandi.
Oʻrganish davomida filialning majburiy va ixtiyoriy statsionar boʻlimlar koʻzdan kechirilganda, majburiy davolash boʻlimida bemorlarga joy masalasida muammo mavjudligi aniqlandi.
Filialning statsionar boʻlimida reanimatsiya va intensiv terapiya palatasi tashkil etilgan boʻlib, reanimatsiya boʻlimi barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan. Filialda davolanayotgan bemorlar belgilangan talablarga asosan, yetarli darajada dori-darmon va oziq-ovqat bilan taʼminlangan.
Filialning ixtiyoriy davolash boʻlimida bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, har bir bemor uchun 6kv metr joy mavjud. Ixtiyoriy davolash boʻlimida servis palatalar tashkil etilgan hamda bemorlar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida konditsioner, muzlatgich va televizor bilan taʼminlangan.
Monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar bildirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring