Respublika boʻylab sanoat sohasida qancha korxona faoliyat yuritayotgani aytildi
g2025-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda 471,7 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha taqsimlangan:
- Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida — 34 494 ta
- Sanoat sohasida – 59 ming 325 ta;
- Qurilish sohasida — 30 ming 107 ta;
- Savdo sohasida — 153 ming 92 ta;
- Tashish va saqlash sohasida – 17 ming 175 ta;
- Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida — 30 ming 191 ta;
- Axborot va aloqa sohasida — 11 ming 721 ta;
- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida — 13 ming 507 ta;
- Boshqa sohalarda — 122 ming 133 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring