Respublika boʻyicha 19 ta pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari yangidan tashkil etiladi

16:15 12 Fevral 2022 Jamiyat
1608 0

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra:

— respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi vazifalari va funksiyalarini kengaytirish;

— 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish uchun respublika boʻyicha yangitdan 19 ta pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatida 2 tadan qolgan viloyatlarda bittadan) hamda qoʻshimcha 4 ta tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (Qashqadaryo,Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida) tashkil etish;

— tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga ekspertizadan oʻtish uchun birlamchi yuboriladigan shaxslarni dinamik kuzatuvda boʻlish muddatlarni qisqartirish;

— ilmiy-tekshirish ishlari va umumjahon tajribani chuqur oʻrganish;

nogironlikni belgilanishni umumjahon mezonlariga yaqinlashtirish;

— nogironligi boʻlgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish;

— tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish koʻzda tutilgan.

Qarorda fuqarolarga nogironlik belgilash, nogironlik belgilangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga toʻgʻri yoʻnaltirish, reabilitatsiyaning barcha turlarini tashkillashtirishga yordam beradi, bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari foydalanishni joriy qilish imkoniyatlarini qamrab, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyalashuviga yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер