Referendum: akkreditatsiyadan oʻtkazilgan OAV vakillari soni 284 nafarni tashkil etdi
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlis kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish, referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlariga oid masalalar oʻrin oldi.
Avvalambor, majlisda komissiya aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi va MSK qaroriga muvofiq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi missiyasi tarkibida qatnashadigan 14 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarga koʻra, 32 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining jami 175 nafar vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Endilikda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari soni jami 284 nafarni tashkil etmoqda.
Majlis davomida referendum oʻtkazuvchi 3-Buxoro, 4-Jizzax, 14-Toshkent shahar okrug komissiyalari raislarining referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida axborotlari tinglandi.
Majlisda kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring