“Real Madrid” uchun yangi mavsum boshlandi
Kecha, 19-avgust kuni Ispaniya La Ligasida 1-tur oʻyinlari yakunlandi. Turni yakunlab bergan oʻyinda Madridning “Real” klubi oʻz maydonida “Osasuna” jamoasini qildi.
Mazkur oʻyin 1:0 hisobida “qirollik klubi”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 51-daqiqada Killian Mbappe mualliflik qildi.
“Madridliklar” tarkibida Alvaro Karreras, Trent Aleksandr-Arnold, Din Xyoysen va Franko Mastantuono kabi jamoaning yangi transferlari aynan shu oʻyin La Liga musobaqasidagi debyut oʻyinini oʻtkazdi.
Maʼlumot uchun, endӣ “Real Madrid” 25-avgust kuni La Liga 2-turi doirasida, Liga debyutanti “Real Ovyedo” klubiga qarshi oʻynaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring