RASMIY BAYONOT: Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida davolanayotgan 124 bemordan 6 nafarining ahvoli ogʻir

10:42 16 Aprel 2020 Jamiyat
1021 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 1349 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 100 bemorning 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli nisbatan ogʻir va yana 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 101 bemordan 2 nafarining ahvoli ogʻir, Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida davolanayotgan 124 bemordan 6 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanyapti.

Hurmatli yurtdoshlar!

Dunyo boʻyicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 2 milliondan ortib ketdi. Bu holat har birimizni hushyor torttirishi kerak. Hech kim atrofimizda kasallikka chalinganlar yoʻqligiga kafolat berolmaydi. Shunday ekan, har birimiz uyda qolishimiz, kasallikka chalinish ehtimolidan yiroq boʻlishimiz kerak. Shundagina oʻzimizni va yaqinlarimizni kasallikka chalinishdan saqlab qolamiz.

Uyda qolibgina vaziyatga ijobiy taʼsir qilishimiz mumkin. Shuningdek, kasallik keng koʻlamda tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kechayu kunduz saʼy-harakatlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar zimmasidagi yukni bir muncha kamaytirgan boʻlamiz.

OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер