Namanganda ayol oʻzini yoqib yuborib, vafot etgani yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangan shahrida yashovchi fuqaro G.Dedabayevani oʻzini yoqib yuborib, vafot etganligi aks etgan video xabardagi holatlar yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ish hujjatlariga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan MIB Namangan shahar boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan G.Dedaboyevani yashab turgan xonadonidan majburiy koʻchirish ijro harakati oʻtkazishni tayinlanib, ushbu xonadonga joriy yilning 29-sentyabr kuni ishtirokchilarni jalb qilgan holda ijro harakatini amalga oshirish uchun borilgan.
Shu vaqtda, G.Dadabayeva ijro harakatini toʻxtatish, ijro harakatlariga qarshilik koʻrsatish maqsadida yashash xonadoni darvozasining tashqi old tomonida oʻzi bilan olib chiqqan 1,5 litr hajmli yelim idishdagi benzin yoqilgʻisini ustidan quyib, oʻzini-oʻzi yoqib yuborgan.
Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan G.Dadaboyeva 30.09.2020-yilda RSHTYOIM Namangan filialining jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra G.Dadaboyevaning tanasi yuzasining 90 foiz alangadan kuyishi, shundan 40 foiz qismi chuqur kuyish va yuqori nafas yoʻllarining 1-darajali kuyishi uning oʻlimiga olib kelgan ogʻir tan jarohati hisoblanishi koʻrsatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha sudga oid tibbiy, sudga oid yongʻin texnikaviy va boshqa zaruriy ekspertizalar tayinlangan.
MIB Namangan shahar boʻlimi davlat ijrochisi va Namangan shahar IIOʻ FMB 2-sonli IIB HPG TP profilaktika inspektori harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring