Rasman: Joao Feliks “Al-Nasr” jamoasiga oʻtdi
Foto: “Al-Nasr” / Instagram
Joao Feliks faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida davom ettiradi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qildi.
Portugaliyalik 25 yoshli futbolchi endilikda “Al-Nasr”da hamyurti Jorje Jezush boshchiligida Krishtianu Ronaldu bilan birga oʻynaydi.
Saudiya klubiga ushbu transfer 30 million yevroga tushgan. Shuningdek, shartnomaga koʻra, “Chelsi” Feliksning “Al-Nasr”dagi oʻyiniga qarab 50 million yevrogacha bonus olishi mumkin.
Feliksning Saudiya Arabistoni klubidagi yillik maoshi 17,5 million yevroni tashkil qiladi. Maʼlumot oʻrnida, u Londonda yiliga 7 million yevro ishlab topardi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring