Rasman! Oʻzbekistonda koronavirus haqida tezkor va aniq xabar beruvchi rasmiy kanal ochildi
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi koʻrilayotgan choralar boʻyicha aholini toʻgʻri, xolis va aniq maʼlumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida Koronavirus info @koronavirusinfouz rasmiy kanali ochildi.
Ushbu kanal Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilindi.
Barcha OAV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanalni birinchi manba sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring