Rasman! Baydenning prezidentlik saylovidagi gʻalabasi tasdiqlandi

13:47 07 Yanvar 2021 Dunyo
1317 0

Avvalroq, Tramp tarafdorlari Kapitoliyga hujum uyushtirgani haqida xabar bergan edik. Shundan soʻng Bayden favqulodda holat yuzasidan xalqqa murojaat bilan chiqqan edi.

Namoyishlar sabab AQSH hukumati aʼzolari Donald Trampni vazifasidan ozod etish va oʻrniga vitse-prezident Mayk Pensni vaqtinchalik Prezident lavozimiga tayinlash masalasini koʻrib chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu haqda hali rasmiy axborot mavjud emas.

AQSH Kongressi Jo Baydenning prezidentlik saylovidagi gʻalabasini tasdiqladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. Bu haqda Amerika yangiliklar kanallari tomonidan jonli efirda eʼlon qilindi.

Unga koʻra, AQSH Kongressi ikkala palataning qoʻshma yigʻilishida Baydenning prezidentlik saylovidagi gʻalabasini maʼqulladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер