Raqobat qoʻmitasi raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Davlatov Ulugʻbek Bahodirovich Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Ulugʻbek Davlatov 1987-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, iqtisodchi.
U 2011-yildan hozirgi vaqtga qadar Raqobat qoʻmitasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi hamda departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring