Raqobat qo‘mitasi raisi Sh.Shoraxmetovning lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
Yig‘ilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi. Sariyog‘ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha Hukumatga topshiriq berildi.
Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, ko‘chma go‘sht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan qo‘mita raisi Sh.Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring