Ramazon hayiti kuni Toshkent metrosi bir soat oldin ish boshlaydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
20-mart — Ramazon hayiti kuni metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bayram kunlarida “Toshkent metropoliteni” DUK yoʻnalishlarida poyezdlar harakati quyidagi tartibda tashkil etiladi:
• 2026-yil 20–21-mart kunlari metro poyezdlari harakati shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida amalga oshiriladi.
• 2026-yil 22–23-mart kunlari esa metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
“Hurmatli yoʻlovchilar, mazkur jadvalni inobatga olgan holda oʻz harakatlaringizni rejalashtirishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring