Quyoshda kuchli chaqnash sodir boʻldi. Bu Yerga taʼsir qiladimi?
24 oktbr kuni ertalab Quyoshning sharqiy hududida eng yuqori darajadagi X kuchli chaqnash sodir boʻldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar boʻlimi Sergey Bogachev xabar berdi.
“Hodisa X3,3 ballni tashkil qiladi. Bu taxminan 2018-yildan beri eng kuchli 11-voqea boʻldi”, dedi mutaxassis.
Uning soʻzlariga koʻra, chaqnash sayyoraga taʼsir koʻrsatilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring