Quyoshda avtomobil qoldirish qanday oqibatlarga olib keladi?

19:07 23 Aprel 2020 Jamiyat
1515 0

Quyoshda qoldirilgan avtomobildagi issiq havo harorati 55-60 darajagacha koʻtarilib yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati shu boʻyicha solishtirma maʼlumotlarni taqdim etdi.

Xoʻsh, quyoshning taʼsiri natijasida avtomobil ichidagi va tashqaridagi havo harorati qanday boʻladi? Quyida shu savolga javob topasiz:

vaqt - tashqarida - ichkarida

0 min. +27 daraja + 27 daraja

10 min. +27 daraja + 37 daraja

20 min. +27 daraja + 43 daraja

30 min. +27 daraja + 46 daraja

40 min. +27 daraja + 48 daraja

50 min. +27 daraja + 49 daraja

60 min. +27 daraja + 51 daraja

Quyosh nurlaridan hosil boʻlgan issiqlik avtomobil ichida juda tez toʻplanadi. 

“Ayni kunlarda havo haroratining koʻtarilishi, yoz faslining yaqinlashayotgani munosabati bilan transport vositalarini soya va salqin joylarda qoldirishingizni soʻrab qolamiz” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер