Quvadan 300 turdagi noyob gullar eksport qilinmoqda
Fargʻona viloyati Quva tumanidagi “Vodiy turfa gullari” MCHJ rahbari Gʻayratjon Sultonov Gollandiya, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Serbiya davlatlaridan dunyoga mashhur noyob gul koʻchatlarini olib kelib, mahalliy iqlim sharoitiga moslashtiradi.
Tadbirkor tumanning eng olis Soyguzar MFY hududida gulchilik kooperativini tashkil etib, 40 ta ish oʻrni yaratdi. 2021-yilning yanvar oyida tadbirkor Polsha, Rossiya va Qozogʻistonga 133 ming dollarlik 300 turdagi gullar eksport qilishga muvaffaq boʻldi.
— Shu kunlarda respublika Ishchi guruhi tomonidan mahallabay kesimida amalga oshirilayotgan oʻrganishlar jarayonida ularga faoliyatimni kengaytirish borasidagi takliflarimni berdim, — deydi tadbirkor Gʻ. Sultonov. — Natijada “Ipotekabank” tomonidan 5 mlrd. soʻm imtiyozli kredit ajratiladigan boʻldi. Kredit yordamida mazkur hududdagi kichik zonasida 2,7 gektar yer maydonida gulni qabul qilish, eksportga tayyorlash, logistika markazi, muzlatgichli omborxona barpo etiladi. Bu qoʻshimcha 100 ta yangi ish oʻrni yaratish imkonini beradi.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring