Quvada “Nexia-2” haydovchisi velosipedchining umriga zomin boʻldi
27-avgust kuni fuqaro P.S. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Qalʼacha MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib oʻtayotgan Q.B.ni urib yuborishi oqibatida Q.B. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring