Quva tumanida kissavur ayol qoʻlga olindi

08:09 04 Iyun 2021 Jamiyat
783 0

Quva tumanida 27-may kuni D.S. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni nomaʼlum shaxs Boʻston koʻchasida joylashgan bozorda savdo rastasi oldida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli boʻlgan ayollar sumkasida boʻlgan 365.000 soʻm pullari va narxi 700.000 soʻmlik “Samsung J2 Prime” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.D. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan,

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер