Quruvchidan oʻqituvchigacha: Olimlar ichkilikka moyil kasblarni aniqladi
Buyuk Britaniyada oʻtkazilgan tadqiqotda spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishning eng yuqori darajasi qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishlaydigan erkak va ayol rahbarlarda aniqlandi.
Liverpul universiteti olimlari uzoq muddatli tadqiqot qatnashchilari maʼlumotlarini tahlil qildi. Kasb-hunar va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish oʻrtasidagi bogʻliqlikni baholash uchun olimlar 2006-yildan 2010-yilgacha Buyuk Britaniyaning Biobank maʼlumotlar bazasiga kiritilgan 40 yoshdan 69 yoshgacha boʻlgan yuz mingdan ortiq odamlarning maʼlumotlarini tahlil qildi.
Olimlar erkaklar orasida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish qurilish va sanoat mutaxassisliklari, shuningdek farroshlar orasida eng yuqori, ruhoniylar, tibbiyot amaliyotchilari, fiziklar, geologlar va meteorologlar orasida eng past koʻrsatkichda ekanligini qayd etishdi.
Ayollar orasida yuqori va oʻrta menejerlar eng koʻp ichkilikka berilganligi, maktab oʻqituvchilari, shifokorlar va olimlar ichkilikka deyarli qaram emasligi aniqlandi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, koʻp ichkilik ichadigan guruhlarini aniqlash uchun faoliyat turidan tashqari jins ham hisobga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring