Qurilishda shaffoflik taʼminlanadi

16:38 23 Sentyabr 2019 Jamiyat
1046 0

Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, Qurilish vazirligi faoliyatiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi joriy etiladi.

Ushbu tizim 2020-yil 1-iyunga qadar Toshkent viloyatida tajriba tariqasida ishga tushiriladi.

2021-yil 1-yanvarga qadar esa mazkur tizimning respublika boʻyicha real vaqt rejimida ishlashi taʼminlanadi.

Shuningdek, 2020-yil 1-martgacha “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal) test rejimida ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, qaror bilan Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etildi.

Bundan tashqari, qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha komissiya tashkil etildi.

Komissiya korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirishga oid “ijro etilishi yuzasidan nazorat” (compliance control) tizimini taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер