Mutaxassislar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi
Hozirda qurilish materiallari sohasida kamida 10 ming nafar malakali (texnolog, muhandis, energetik) hamda 40 ming nafar ishchi kasb mutaxassislariga ehtiyoj mavjud. Lekin bunda 15 ta muhandis-texnik oliygohlarning oʻrni sezilmayapti.
Toshkent kimyo texnologiya institutida joriy yil 1-sentyabrga qadar Germaniya va Rossiyaning nufuzli universitetlari bilan birga, 5 ta yangi yoʻnalishda oʻqitish tashkil etiladi.
14 ta oliygoh rektorlari viloyatlar ehtiyojidan kelib chiqib, aniq yoʻnalish va sanoat tarmoqlari uchun xorijiy oliygohlar bilan birga, muhandis va texnologlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyadi.
Uch oy muddatda mahalliy sanoat uchun ishchi kasblar boʻyicha yiliga kamida 10 ming nafar mutaxassislar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring