Quyma oltinni noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi

16:00 06 May 2025 Jamiyat
200 0

“Navoiy” chegara boJxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro boJxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda, uning xatti-harakatlarida shubhali holatlar kuzatilgani sababli, boJxona xodimi tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning tanasidan umumiy og‘irligi 1 028 gramm bo‘lgan quyma tilla bo‘laklari aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 312 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan boJxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер