Quyi Chirchiqda gʻalladan boʻshagan yerlardan 60 gektar yer yoshlarga hech qanday majburiyatsiz berildi
Quyi Chirchiq tumanidagi “Yoshlar biznes inkubatori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan gʻalladan boʻshagan maydonlarda kredit olish istagini bildirgan 30 nafar yoshlar uchun dala seminari uyushtirildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan 15 nafar yigit-qizga Germaniyaning Jamgʻarma kassalari fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi va bir qator tijorat banklari hamkorligida tashkil etilgan “Qishloq xoʻjaligida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasidagi “Aylanma kredit fondi”dan kredit olish huquqini beruvchi tavsiyanomalar taqdim etildi.
Bundan tashqari, gʻalla maydonlaridan boʻshaydigan yerlardan “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida 60 nafar yoshga ham bir gektardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratiladigan boʻldi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, bugungi kunda barcha tumanlardagi gʻalladan boʻshagan ekin maydonlari ikkinchi hosil olish uchun birinchi navbatda kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga hech qanday majburiyatsiz berilyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring