Quyi Chirchiqda er sharʼiy nikohdagi ayolini oʻldirib, jasadini boʻlaklab koʻmdi
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida er sharʼiy nikohdagi xotinini boʻgʻib oʻldirib, jasadini boʻlaklarga boʻlib koʻmdi. Bu haqda “Zamon.uz” xabar berdi.
Xabarga koʻra, ayolning opasi singlisining yoʻqolib qolgani va shubhali SMSʻlar yozayotgani tufayli ichki ishlar xodimlariga xabar bergan. Shundan soʻng gumonlanuvchi erkak organ xodimlari tomonidan ushlangan. Ayolning opasi bergan maʼlumotga koʻra, erkak unga singlisini oʻldirib, koʻmib tashlaganini aytgan. Izlanishlar natijasida tumandagi hovlilardan birida ayolning murdasi topilgan. U boʻlaklarga boʻlinib, qoʻl sumkasiga joylangan holda boʻlgan.
Bundan tashqari, surishtiruvlar davomida erkak ayoliga tegishli qariyb 36 million soʻmlik tilla taqinchoqlarni, 30 ming 500 dollarni va 1 million soʻmni oʻzlashtirgani maʼlum boʻlgan. Shuningdek, SMSʻlarni ham ayolning opasiga u joʻnatib turgani aniqlangan. Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “i” bandi bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan shu modda boʻyicha 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring