Quddusda jinoyatchi avtobusga qarata oʻq uzdi
Foto: РИА Новости
Quddusdagi eski shahar hududida, Yigʻi devori yaqinida nomaʼlum shaxs avtobusga qarata oʻq uzdi. Bu haqda rasmiylarga tayanib mahalliy Times of Israel nashri xabar bermoqda.
Jinoyatchi avtobus kelishini kutgan va yoʻlovchilar minib ketayotgan paytda oʻq uzgan. Haydovchi avtobusni haydamoqchi boʻlganini, biroq bunga erisha olmaganini, chunki yoʻlovchilar nogironlar aravachasidagi ayolga avtobusga chiqishga yordam berishganini aytdi.
Hodisa oqibatida yetti kishi jarohatlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli ogʻir. Barcha jabrlanganlar Quddusdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Hozirda jinoyatchi qoʻlga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring