Qrimda An-26 harbiy samolyoti qulashi oqibatida 29 kishi halok boʻldi

10:06 01 Aprel 2026 Dunyo
282 0

Qrim uzra parvoz qilayotgan An-26 harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi, oqibatda olti nafar ekipaj aʼzosi va 23 nafar yoʻlovchi halok boʻldi. Bu haqda TASS Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 31-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 18:00 atrofida yarim orol uzra rejali parvozni amalga oshirayotgan havo kemasi bilan aloqa uzilgan.

— Qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan An-26 samolyoti halokatga uchragan joy aniqlandi. Voqea joyidan berilgan maʼlumotga koʻra, bortda boʻlgan olti nafar ekipaj aʼzosi va 23 nafar yoʻlovchi halok boʻlgan, — deyiladi xabarda.

Halokat joyida Rossiya Mudofaa vazirligi komissiyasi ishlamoqda. Samolyotga tashqi tomondan zarba berish alomatlari aniqlanmagan.

TASS manbasining taʼkidlashicha, samolyot qoyaga borib urilgan. Hozircha boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер