Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham istisno tariqasida oʻqishini koʻchirishi mumkin
Foto: Illustrativ foto
Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining oʻzbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois” ularning ham oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirishda amaliy yordam soʻragan.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring