Qrim olimlari koronavirusga qarshi yangi vaksina yaratilganligini eʼlon qilishdi
Qrim olimlari koronavirusga qarshi yangi vaksina ishlab chiqishdi.
Bu haqda Hujayra texnologiyalari va DNK-preparatlari laboratoriyasi mudiri, virusolog hamda Vernadskiy nomidagi Qrim Federal universitetining biokimyo kafedrasi dotsenti Vladimir Oberemok maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, vaksinani yaratish jarayonida tadqiqotchilar oʻzlarining tajribalari bilan birgalikda genetikaga ham tayanishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, vaksina lasso (arqon) shaklidagi bitta oligonukleotid (DNKning tiofosfat boʻlagi)dan iborat boʻlib, darhol CpG-orollar (DNK metilatsiyasi) va antigen shaklida tugʻma immunitet uchun faollashtiruvchini olib boradi, shunda organizm uni taniy olishi hamda antitanachalar ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan SARS-CoV-2 genomining bir qismi “yaratiladi”.
Qoʻshimcha qilishicha, preparatning afzalliklaridan biri uning inyeksiya oʻrniga inrtonazal (burun orqali) koʻrinishda qabul qilishdir.
Qayd etilishicha, Qrim mutaxassislari kerakli mablagʻ toʻplangandan soʻng darhol vaksina sinovlarining barcha bosqichlarini boshlashga tayyor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring