Qozogʻistonning “Tan-Sholpan” jurnali 2023-yilni “Oʻzbek adabiyoti yili” deb belgilagan
Qozogʻistonning “Tan-Sholpan” (“Tong yulduzi”) jurnali 2023-yilni “Oʻzbek adabiyoti yili” deb belgilagan. Shu munosabat bilan jurnal yil boshidan buyon oʻzbek zamonaviy adabiyoti vakillarining asarlaridan namunalarni qozoq tiliga tarjima qilib, chop etmoqda.
Jurnalning bosmadan chiqqan navbatdagi 5-sonida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, yozuvchilar Akbar Mirzo, Gʻafur Shermuhammad, shoirlar Nodir Jonuzoq va Xosiyat Rustamovaning sheʼr va hikoyalari qozoq tilida nashr etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring