Qozogʻistonning Oʻzbekiston bilan chegarasini aviaqatnovlar orqali kesib oʻtishda qoʻyilgan cheklovlar 11-apreldan bekor qilinadi

02:44 10 Aprel 2022 Dunyo
3513 0

Foto: Arxiv surat

2022-yil 11-apreldan Qozogʻistonning Oʻzbekiston bilan davlat chegarasini aviaqatnovlar orqali kesib oʻtishda qoʻyilgan cheklovlar bekor qilinadi.

Shu bilan birga, qozogʻistonliklar va Qozogʻiston hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan xorijliklar hamda chet el fuqarolari Uzbekistan Airways aviaqatnoviga chiqishdan oldin Covid-19 testining salbiy natijasi (amal qilish muddati 72 soat) yoki Covid-19 ga qarshi toʻliq emlanganlik/qayta emlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda berilgan emlanganlik sertifikatlarini ikki davlat ham oʻzaro tan olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер