Qozogʻistonda Ramazon oyi 24-apreldan boshlanadi

19:27 14 Aprel 2020 Dunyo
2651 0

Bosh muftiy Naurizbay Hoji Tagʻanoʻgʻli bu yil Ramazon oyi 24-apreldan boshlanishini maʼlum qildi.

“Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi mamlakatdagi yetakchi tadqiqot markazlaridan biri boʻlgan V.G.Fesenkov nomidagi Fazoviy tadqiqotlar va texnologiyalar milliy markazining ilmiy maʼlumotlariga asoslanib, shuningdek, qoʻshni Oʻzbekiston va Qirgʻiziston musulmonlari diniy boshqarmalari bilan maslahatlashgan holda, Ramazon qachon boshlanishiga aniqlik kiritdi. Shariat qonunlari va ilmiy tadqiqotlar natijalariga koʻra, mamlakatda uzoq kutilgan Ramazon oyi shu yil 24-aprelda boshlanadi”, — dedi muftiy.

U Ramazon oyida roʻza tutish sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan har bir musulmon uchun farz ekanligini eslatdi.

“Biroq, shariat yoʻlovchilarga, kasali kuchayib ketish xavfi bor bemorlarga, ishonchli shifokor uzoq vaqt och yurish salomatligiga zarar keltirishini taʼkidlaganlar, shuningdek, homilador va emizikli ayollar roʻza tutishni keyinga qoldirishiga ruxsat beradi”, — dedi Naurizbay Hoji Tagʻanoʻgʻli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер